date

Ulug‘bek Qodirovga “Do‘stlik” ordeni topshirildi: aktyor hayajonini yashirmadi

Ulug‘bek Qodirovga “Do‘stlik” ordeni topshirildi: aktyor hayajonini yashirmadi

Aktyor Ulug‘bek Qodirov Instagram sahifasi orqali quvonchli yangilikni muxlislari bilan bo‘lishdi. Post ostida aktyor:

"26 yillik mehnatimiz qadrlanib, “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandik. Bu mukofot — nafaqat bizning, balki doimo yonimizda bo‘lgan, qo‘llab-quvvatlagan aziz do‘stlarimiz va muxlislarimizning ham yutug‘i.

Sizlarning ishonchingiz, mehringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz bizga kuch berdi. Shu sabab bu orden — barchamizniki.

Yillar davomida biz bilan birga bo‘lgan, yaxshi kunimizda ham, qiyin onlarimizda ham qo‘llab-quvvatlagan har bir insonga chin qalbimizdan rahmat. Oldinda hali yanada katta marralar bor", deb yozib qoldirdi.

“Xushxabarni eshitib, ko‘zimga yosh keldi”, deya bergan intervyusida Ulug‘bek Qodirov “Do‘stlik” ordeni uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi.

]
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ulug‘bek Qodirovga “Do‘stlik” ordeni topshirildi: aktyor hayajonini yashirmadi