01:55 / 04.03.2025
91

“Anora” “Oskar”da beshta mukofot qo‘lga kiritdi

“Anora” “Oskar”da beshta mukofot qo‘lga kiritdi
AQShning Los-Anjeles shahrida 97-“Oskar” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Eng yaxshi film nominatsiyasida g‘oliblikni amerikalik rejissyor Shon Beykerning “Anora” filmi qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi ew.com.

Film jami beshta nominatsiyada g‘olib deb topildi. Shon Beyker “Eng yaxshi rejissyor” va “Eng yaxshi original ssenariy” nominatsiyalarida “Oskar” mukofotini oldi. Mikey Medison, film bosh qahramonini gavdalantirgan aktrisa, “Eng yaxshi aktrisa” mukofotiga loyiq deb topildi. “Anora” shuningdek, “Eng yaxshi montaj” mukofotini ham oldi.

Boshqa asosiy nominatsiyalarda g‘oliblar quyidagicha bo‘ldi:
Eng yaxshi aktyor – Adrien Brodi (“Brutalist”)
Eng yaxshi ikkinchi plandagi ayol roli – Zoi Saldana (“Emiliya Peres”)
Eng yaxshi ikkinchi plandagi erkak roli – Kiran Kalkin (“Haqiqiy og‘riq”)
Eng yaxshi xalqaro film – “Men hamon shu yerdaman” (Braziliya)
Eng yaxshi animatsion film – “Oqim” (Latviya)
Eng yaxshi maxsus effektlar – “Dune: Ikkinchi qism”

O‘zbekistonda AOKA avvalroq “Anora” filmiga “Kann kinofestivali”da “Oltin palma novdasi” berilganini tanqid qilgan edi. Keyinchalik, ushbu munosabat o‘chirib tashlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat