02:54 / 06.03.2025
125

Sarik Andreasyan Tarkovskiy filmlarini yomon ko‘rishini aytdi

Sarik Andreasyan Tarkovskiy filmlarini yomon ko‘rishini aytdi
Rejissor Sarik Andreasyan Andrey Tarkovskiy filmlarini yomon ko‘rishini va umuman mualliflik kinosini yoqtirmasligini tan oldi. Bu haqda uning videosini Telegram’dagi "Ostorojno, Moskva" kanali e’lon qildi.

"Men Tarkovskiyni yomon ko‘raman. Tarkovskiy bu dahshat. Bu kino san’ati 60 yil oldin qolib ketgan, uni unutish kerak. Agar siz qashshoq, muvaffaqiyatsiz va ishonchsiz rejissor bo‘lishni istasangiz, iltimos, davom eting”, — dedi Andreasyan.

Bu so‘zlarini u Moskva kino kolleji №40 talabalariga murojaat qilganida aytgan. Ular esa rejissorning mualliflik kinolari va "Anora" filmi haqidagi fikrlaridan norozilik bildirishdi. "Onegin" filmi muallifi talabalarga festival filmlaridan katta daromad olish imkoni yo‘qligini tushuntirmoqchi bo‘ldi. Shuningdek, u "Anora" kartinasini “marginal film” deb atadi.

Talabalar rejissorning nuqtayi nazarini qabul qilishmadi va natijada bahs kelib chiqdi. "Ostorojno, novosti" nashrining yozishicha, bahs oqibatida Andreasyan ma’ruzani muddatidan avval tark etdi. Talabalar esa uning chiqib ketishiga kulgu va qarsaklar bilan javob qaytarishdi.

Moskva kino kolleji vakillari voqeani tasdiqlab, bu ommaviy tadbir emasligini, balki ayrim shaxslarning tashabbusi bilan tashkil qilingan suhbat bo‘lganini aytishdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat