
O‘zbek san’atida iqtidorli ayol xonandalar har doim bo‘lgan. Biroq ayni paytda, ularning ba'zilari nafaqat ijodi, balki haqiqiy jonli ovozi bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan.
TOP 10: Bugungi estrada sahnasida porlayotgan ayollar
1. Yulduz Usmonova
40 yildan ortiq sahnada. “Ensa” kabi yangi hitlari bilan yana chartlarda birinchi o‘rinda. Ovozi hech kimniki bilan adashmaydi.

2. Ozoda Nursaidova
“Ko‘k Jiguli” qo‘shig‘i 2025-yilning chartlarini zabt etdi. Har doimgidek emotsional va samimiy ijroda.

3. Sevinch Ismoilova
“Trend” qo‘shig‘i orqali yosh avlod orasida ommalashdi. Kuchli sahna harakati va tirik ijrosi bilan farqlanadi.

4. Ziyoda
Hissiyotga boy, chuqur qo‘shiqlar ustasi. “Xayr Dema” bilan yana mashhurlik cho‘qqisida.

5. Dilnoz
Mirjalol bilan aytilgan “Ko‘zoynak” dueti tinglovchilar qalbidan joy oldi. Ijodida o‘ziga xos lirik ruh bor.

6. Afruza
Yangi avlod vakili. “Baxtlimisan” qo‘shig‘i bilan sahnaga dadil kirib keldi. Tirik ijrolari va tabiiyligi bilan ajralib turadi.

7. Shahzoda
Xalqaro maydonda tanilgan xonanda. Har bir qo‘shig‘ida sifat va did mujassam.

8. Rayhon
Bir necha avlod uchun tanish nom. Uning ovozi, sahnadagi harakati va xonandalik maktabi muxlislar e’tirofida.

9. Sogdiana
Rus tilidagi qo‘shiqlari bilan xorijda ham tanilgan. Uning balladalari tinglovchini o‘ylantiradi.

10. Ruxshona
Yigirma yoshlaridanoq mashhur bo‘lgan xonanda. Hoziroq qo‘shiq, serial va loyihalarda faol. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar