date
views 0

Filipp Kirkorov Moskvada kasalxonaga yotqizildi

Filipp Kirkorov Moskvada kasalxonaga yotqizildi
Rossiyalik mashhur xonanda Filipp Kirkorov Sankt-Peterburgdagi chiqishi vaqtida olgan kuyish jarohati oqibatida yuzaga kelgan sog‘liq muammolari sabab Moskvadagi kasalxonaga yotqizilgan, deb upl.uz xabar berdi.

Jarohat sekin bitayotgan bo‘lib, bu jarayon xonandaning qandli diabet kasalligiga bog‘liq. Shifokorlar Kirkorovga bursit (bo‘g‘im yallig‘lanishi) tashxisini qo‘yishgan. U hozirda kundalik bog‘lamlar va muolajalar bilan davolanmoqda.

Shifokorlar ahvol yomonlashmasligi uchun unga aviaparvozlarni taqiqlagan.

San’atkor vakillari u ikki haftadan beri shifokorlar kuzatuvida ekanini bildirgan. Diabet tufayli holati doimiy nazoratda bo‘lishi kerak.

Internetda tarqalgan “implant yorilgan” degan mish-mishlar plastik jarroh Timur Haydarov tomonidan rad etilgan. U muammo faqat kuyish va uning oqibatlari bilan bog‘liq ekanini ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Filipp Kirkorov Moskvada kasalxonaga yotqizildi