O‘tkir Mengliyev yangi mukofot bilan taqdirlandi

Aktyor O'tkir Mengliyev Madaniyat va oliy ta'lim vazirligi tomonidan “O'z kasbining tashabbuskori” nomli medal bilan taqdirlandi. San'atkor bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berib, mazkur mukofot unga katta faxr va quvonch bag'ishlaganini ta'kidladi. Uning ushbu xushxabari qisqa vaqt ichida ko'plab muxlislar va hamkasblarning e'tiborini tortdi.
Aktyor O‘tkir Mengliyev o‘z muxlislari bilan quvonchli xabarni bo‘lishdi. San’atkor Madaniyat va oliy ta’lim vazirligi tomonidan “O‘z kasbining tashabbuskori” nomli medal bilan taqdirlanganini ma’lum qildi.
Aktyor ushbu xushxabarni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali e’lon qilib, mukofot unga katta faxr va quvonch bag‘ishlaganini ta’kidladi.
“Assalomu alaykum! Madaniyat va oliy ta’lim vazirligi tomonidan “O‘z kasbining tashabbuskori” nomli medal bilan meni taqdirlashdi. E’tiborlaridan boshim osmonga yetdi! Rahmat! Boriga shukur!!!”, — deb yozdi O‘tkir Mengliyev.
Aktyorning ushbu posti qisqa vaqt ichida ko‘plab muxlislar va hamkasblarining e’tiborini tortdi. Izohlarda san’atkorni samimiy tabriklab, uning ijodiy faoliyatiga yuksak baho berayotganlar soni ortmoqda. Ko‘pchilik aktyorga yangi yutuqlar, mustahkam sog‘liq va bundan-da ulkan muvaffaqiyatlar tilagan.






























Izohlar 0
…