
O‘zbekistonning mashhur xonandasi Lola o‘zining noodatiy ko‘rinishi bilan yana muxlislarni hayratda qoldirdi, deb xabar berdi UPL.uz. 39 yoshli artist bu safar kumush rangdagi uzun tirnoqlari bilan namoyon bo‘ldi.
Muxlislar uning yangi uslubini kutilmagan va noodatiy deb baholashdi. Ularning fikricha, Lola so‘nggi paytlarda tashqi ko‘rinishi ustida tez-tez tajribalar o‘tkazmoqda.
Ta’kidlash joizki, Lola O‘zbekistondagi eng mashhur xonandalardan biri bo‘lib, uning “Qaytmaydi”, “Endi yo‘q” va “Jonim sog‘indim” singari qo‘shiqlari hitga aylangan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar