date

Konsertda fonogramma haqida ogohlantirish majburiy bo‘ldi

Konsertda fonogramma haqida ogohlantirish majburiy bo‘ldi
Endilikda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan konsert va tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish holati albatta oldindan ma’lum qilinadi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, agar jonli ijro emas, balki fonogramma qo‘llanilsa, tadbir reklamalarida bu haqda aniq va ravshan axborot berilishi shart.

Ya’ni, har qanday konsert, shou yoki madaniy tadbir afishalarida fonogrammadan qay darajada foydalanilishi ko‘rsatilishi kerak. Bu tomoshabinni oldindan xabardor qilish va ularning ishonchini qozonishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, tadbir tashkilotchilari tomosha boshlanishidan avval bu haqda maxsus audiomurojaatni tarqatishni ham ta’minlashlari lozim bo‘ladi. Ya’ni, sahnada real vaqtda ijro bo‘lmasligi haqidagi ma’lumot sahna yoritilishi bilan birga eshitilishi shart.

Mazkur tartibning joriy etilishi san’at sohasida shaffoflikni oshirish, tomoshabinlarni aldamaslik va foydalanuvchi huquqlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bu qoida nafaqat san’atga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi, balki jonli ijroni qadrlashga ham turtki beradi. Tadbir tashkilotchilari esa endi bunday axborotni bermaslik yoki yashirish huquqiga ega emas.

Qisqasi, konsert va tomoshalarga borayotgan fuqarolar endi ularni nima kutyapti — jonli ijro yoki fonogramma — haqida oldindan aniq ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Konsertda fonogramma haqida ogohlantirish majburiy bo‘ldi