
Xonanda Manzuraning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridagi postlarida diniy fikrlar tobora ko‘paymoqda, deb yozadi “Darakchi” nashri.
Nashrning yozishicha, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari “Manzuraning diniy fikrlari shou-biznesdagi o‘rniga mos emas”, qabilidagi fikrlarni yozib qoldirishmoqda.

Masalan, internet foyddalanuvchilarining fikriga ko‘ra, xonandaning yangi "Romeo" klipi xonandaning diniy fikrlariga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Mazkur ayblovlarga Manzura quyidagicha javob berdi:
“Qanday ko‘rinishda bo‘lishim kerak ekan unda? Doimo kichkina qizaloq ko‘rinishidami? Doimgidek ko‘rinishdaman, shunchaki yoshimga yosh qo‘shilyapti. Shou-biznes ham musulmon-ku. Xudoga shukr, hammayog‘im yopiq bo‘lsa. Unday bo‘lsang ham yoqmaysan, bunday bo‘lsang ham. "Romeo" klipida esa yalang‘och emasman-ku, hammayog‘im yopiq bo‘lsa, tavba odamlarniyam tushunib bo‘lmaydi. Klipdagi imijim "derzko" bo‘lsa, bu degani Xudoni unutdi, deganimas-ku. Bunday noo‘rin tanqid qilayotgan odamlarni esa ochig‘i tushunmadim”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing