O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovga tashrif buyurgan Lola u haqda o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Erta tongdanoq katta hayajon bilan uyg‘ondik. Bu kunni juda uzoq kutdik va tayyorgarlik ko‘rdik. Ayniqsa, farzandlarim. Ular har kuni ‘Biz qachon borib, o‘z tanlovimizni amalga oshiramiz’, deb kun sanadi», — deydi Lola.
«Saylovda bizning ovozimiz katta ahamiyatga egaligini his etishning o‘zi yoqimli. Biz bugun munosib nomzod, katta tajribaga ega bo‘lgan inson uchun ovoz berdik. U qisqa fursat ichida juda ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Men bu insonga ovoz berar ekanman, vatanim, oilam va farzandlarimning kelajagiga ishondim».
«Saylovda qatnashib ulgurmaganlarga oilangiz bilan saylov uchastkasiga boring va kelajak uchun ovoz bering, deyman. Buning uchun barcha sharoit yaratilgan. Yosh onalar va ularning farzandi uchun xonalar bor. Ko‘zi ojizlar uchun ilk bor maxsus byulletenlar yo‘lga qo‘yilgan».
Lolaning fikriga ko‘ra, bu yilgi saylovlar ochiq va oshkoralik ruhida o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi