
Janubiy koreyalik mashhur aktyor Li Ben-xon Janubiy koreyalik mashhur aktyor Li Ben-xon “Kalmar o‘yini” serialida ishtirok etganini o‘g‘li maktabdoshlaridan eshitib bildi. Bu haqda aktyor Jimmi Fellonning ““The Tonight Show”” tok-shousida so‘zlab berdi, deb Pravilamag.ru yozadi.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, bir kuni ikki o‘g‘lidan biri maktabdan qattiq xafa bo‘lib qaytgan va undan shunday deb so‘ragan:
– "Nega siz shunchalik yomonmisiz?"
Bu savol otani hayratda qoldirdi. Bolaning tushuntirishicha, u serialda otasi juda ko‘p odamlarni o‘ldirganini ko‘rgan. Li Ben-xon ilk bor bu vaziyatdan hang-u mang bo‘lib qolgan, so‘ngra esa bolasiga bu faqatgina rol ekanini, real hayotda bunday bo‘lmasligini tushuntirishga harakat qilgan.
– "Men aktyorman, bu men emas, mening qahramonim!", – degan u. Biroq o‘g‘li otasining bu so‘zlariga hali ham ishonmagan.
Bu voqea ko‘plab yuraklarga ta’sir qildi va Li Ben-xonning otalik ruhiyatini ham ko‘rsatib berdi. U serialdagi roli orqali mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, shaxsiy hayotida haqiqiy inson va mehribon ota ekanini isbotlashga harakat qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar