
Shohrux reper 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida turmush o‘rtog‘i bilan birga ishtirok etib, ovoz berdi.
Xonanda saylovda turmush o‘rtog‘i bilan birga ovoz berayotgani aks etgan suratlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilgan, deb yozadi “Daryo”.
Suratlarda uning turmush o‘rtog‘i Zlata homilador ekanligini ko‘rish mumkin. Hozirda ularning Islom ismli o‘g‘li bor.
Ma’lumot uchun, Shohrux reper va Zlataning to‘y marosimi 12 may kuni bo‘lib o‘tgan edi, bundan 2,5 yil avval esa ular sha’riy va qonuniy nikohdan o‘tgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar