1. Shavkat Mirziyoyev (68)
O‘zbekistonlik siyosatchi, 2016 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. Bungacha 2003 yildan 2016 yilgacha O‘zbekiston Bosh vaziri lavozimida ishlagan.
2. Jennifer Lopez (56)
Amerikalik qo‘shiqchi, bastakor, aktrisa, raqqosa va biznes ayoli. Lopez o‘z zamonasining eng ta’sirli ijodkorlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. U Gollivudda lotin amerikaliklar uchun to‘siqlarni yengib o‘tgan va musiqa sohasida lotin pop yo‘nalishining rivojiga katta hissa qo‘shgan.
3. Anna Paquin (43)
Yangi zelandiyalik aktrisa. Winnipegda tug‘ilgan va Wellingtonda ulg‘aygan. U aktyorlik faoliyatini “Pianino” romantik dramasi orqali boshlagan. Ushbu filmda ijro etgan roli uchun 11 yoshida “Eng yaxshi ikkinchi darajadagi aktrisa” nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lib, tarixdagi ikkinchi eng yosh g‘olib bo‘lgan.
4. Rose Byrne (46)
Avstraliyalik aktrisa. U ilk marotaba “Dallas Doll” filmida ekran yuzini ko‘rsatgan va 1990-yillarda Avstraliya kino hamda televideniyasida faoliyat yuritgan. Uning ilk bosh roli “The Goddess of 1967” filmida bo‘lgan va ushbu rol uchun u Venetsiya kinofestivalida “Eng yaxshi aktrisa” mukofotini qo‘lga kiritgan.
5. Kristin Chenoweth (57)
Amerikalik aktrisa va xonanda. Musiqiy teatr, kino va televideniye sohalarida ijod qiladi. 1999 yilda u Brodvey sahnasida “Sen yaxshi bolasan, Charli Braun” musiqiy spektaklidagi Salli Braun roli uchun “Eng yaxshi ikkinchi darajadagi aktrisa” nominatsiyasida Toni mukofotini qo‘lga kiritgan. 2003 yilda “Wicked” musiqiy spektaklida Glinda rolini yaratgani uchun yana bir Toni mukofotiga nomzod bo‘lgan.
6. Mara Wilson (38)
Amerikalik aktrisa. Bolalik paytida u “Doubtfire xonim” filmida Natali Xillard rolini, “34-ko‘chadagi mo‘jiza” filmida Syuzan Uolker, “Matilda” filmida bosh qahramon va “A Simple Wish” filmida Annabel Grining rollarini ijro etgan. “Thomas and the Magic Railroad” filmida Lili rolidan so‘ng 12 yillik tanaffus olib, yozuvchilik faoliyatiga e’tibor qaratgan.
7. Elisabeth Moss (43)

8. Torrie Wilson (50)
Amerikalik model, sobiq fitnes sportchisi va professional restling yulduzi (hozir nafaqada). U WWE va WCW’dagi faoliyati bilan mashhur. 1999 yilda “Miss Galaxy” tanlovida g‘olib bo‘lgan.
9. Summer Glau (44)
Amerikalik aktrisa. Fantastik va ilmiy-fantastik teleseriallardagi rollari bilan mashhur: “Firefly” va uning davom filmi “Serenity”dagi River Tam, “The 4400” serialidagi Tess Doerner, “Terminator: Sarah Connor Chronicles” serialidagi Kemeron va “Arrow” serialidagi Isabel Rochev / Ravager.