Mashhur «South Park» multseriali yaratuvchilari Trey Parker va Mett Stoun Paramount studiyasi bilan 1,5 milliard dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda Pravilamag nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, besh yillik shartnoma doirasida har yili 300 million dollar to‘lanadi. Shartnoma doirasida «South Park»ning yana 50 yangi epizodi suratga olinadi. Shuningdek, avvalgi 26 mavsum ham ilk bor Paramount+ striming platformasida namoyish etiladi.
«Biz bunday imkoniyat berilganidan minnatdormiz va bizga bo‘lgan ishonch uchun chuqur mamnunmiz», — dedi Parker. Unga ko‘ra, ular multserialni yangi bosqichga olib chiqish, uni davom ettirish va «alohida narsa yaratish» niyatida.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari Parker va Stoun Warner Bros. Discovery hamda Netflix bilan hamkorlik muzokaralarida yangi kompaniya prezidenti Jeff Shellning aralashuvi sabab kelishuvlar buzilgani haqida xabar tarqatgan edi. Ammo Paramount Global rahbarlaridan Kris Makkarti va Kiz Xill-Edgarning ishtirokida kelishuv baribir amalga oshdi.
27-mavsumning premerasi avval 2025 yil 9 iyulga rejalashtirilgan edi, ammo endi u 23 iyulda namoyish etilishi ma’lum qilindi. Treyler allaqachon chiqarilgan bo‘lib, unda P. Diddy, sud jarayonlari va hatto Kanadaning armiyasi parodiya qilingan sahnalar ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!