date

Maykl Jekson kiygan paypoq 8 ming dollarga sotildi

Maykl Jekson kiygan paypoq 8 ming dollarga sotildi

Pop-musiqa qiroli Maykl Jeksonning konsert paytida kiygan bir dona yaltiroq paypog‘i auksionda 8 ming dollardan ortiqqa sotildi. Bu haqda Peopletalk xabar bermoqda.

Ushbu paypoq 1997 yili Jeksonning "History World Tour" – “Tarixiy jahon turi” doirasida Fransiyaning Nim shahridagi konsertda kiyilgan. U o‘zining mashhur “Billie Jean” qo‘shig‘ini ijro etar ekan, strazlar bilan bezak berilgan oq sport paypoqlarini kiygan holda sahnaga chiqqan. Konsertdan keyin bu paypoq garderob yonida yerda yotgan holda topilgan va uni texnik xodim asrab qolgan.

Ortiqcha aytish shart emas – bu kiyim kichkina bo‘lsa-da, pop-afsona bilan bog‘liq “kult buyum” sifatida muxlislar orasida juda qimmatli hisoblanadi. Yillar o‘tib, paypoqda dog‘lar paydo bo‘lgan va undagi yaltiroq strazlar ham sariq tusga kirgan. Ammo shunga qaramay, u hali ham katta ahamiyatga ega.

Bu birinchi holat emas. 2009 yilda Makaodagi kazino-kurort Maykl Jeksonning “lunnaya poxodka” – “oy yurish” raqsida taqqan yaltiroq qo‘lqopini 350 ming dollarga sotib olingan edi. 2023 yilda esa, o‘sha mashhur chiqishidan oldin kiyilgan shlyapa Parijda 80 ming dollardan ortiqqa sotildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Maykl Jekson kiygan paypoq 8 ming dollarga sotildi