date

Bred Pitt “The Killers” gitaristining hashamatli uyini 12 million dollarga sotib oldi!

Bred Pitt “The Killers” gitaristining hashamatli uyini 12 million dollarga sotib oldi!

Gollivud yulduzi Bred Pitt Los-Anjelesdagi mashhur va badavlatlar yashaydigan Outpost Estates hududidan yangi hashamatli uy xarid qildi. Qizig‘i shundaki, bu uy rok guruh “The Killers” asoschilaridan biri, gitarachi Deyv Kyuoning mulki edi.

Uyning umumiy maydoni 779 kvadrat metr bo‘lib, u ispan uslubida zamonaviy tarzda ta’mirlangan. Ichkarisida 6 ta yotoqxona, keng yashash xonalari, oshxona va balkonlar bor. Derazalardan okeanga qaragan go‘zal manzara ko‘rinib turadi.

Tashqarida esa shaxsiy hovli, hovuz, barbekyu zonasi va hatto kichik bog‘ ham mavjud. To‘g‘risi, bu joy chinakam yulduzlar hayotiga mos!

Deyv Kyuo va uning rafiqasi, dizayner Emili Kyuo bu uyni 2021 yilda 9,6 million dollarga sotib olishgan edi. 2024 yilning iyun oyida esa uni deyarli 14 million dollarga sotuvga qo‘yishgan. Biroq Pitt kelishilgan narxni 12 million dollarga tushirib, kelishuvni yakunlagan.

Aytishlaricha, yaqinda Bred Pittning avvalgi, 5,5 million dollarlik uyi o‘g‘rilar tomonidan talangan. O‘sha vaqtda aktyor “Formula-1” filmi uchun xalqaro promo-turda bo‘lib, AQShdan tashqarida yurgan.


Manba: Pravilamag
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bred Pitt “The Killers” gitaristining hashamatli uyini 12 million dollarga sotib oldi!