date

Sofi Tyorner: Kit Xarington bilan sahna ortidagi sirlar

Sofi Tyorner: Kit Xarington bilan sahna ortidagi sirlar

Gollivud yulduzi Sofi Tyorner yaqindagi intervyusida aktyor Kit Xarington bilan birga yangi “Terror” filmida suratga olingan sahnalar haqida fikr bildirdi. Bu haqda Pravilamag xabar berdi.

Tyornerning so‘zlariga ko‘ra, filmda u oshiq-qiz obrazini ijro etgani o‘zi uchun oson kechmagan. Chunki u va Xarington bir vaqtlar mashhur “Taxtlar o‘yini” serialida bir oila a’zolari — Jon Snou va Sansa Stark rolini o‘ynashgan. Shu sababli yangi loyihada romantik sahnalarda qatnashish unga biroz noqulay tuyulgan.

“Ssenariyni o‘qiganimizda, o‘zaro yaqin sahnalar borligini ko‘rib hayron bo‘ldik. Chunki men uni hayotda ham, serialda ham akadek qabul qilardim. Shuning uchun ilk suratga olish paytida o‘zimni g‘alati his qildim”, — deydi aktrisa.

Shu bilan birga, Tyorner film ssenariysi juda kuchli ekanini ta’kidladi va ular bu holatni professional yo‘l bilan yengib o‘tishga harakat qilishganini qo‘shimcha qildi.

“Terror” filmi 15-asr voqealari asosida suratga olingan bo‘lib, unda Sofi Tyorner ijro etgan Enn obrazi qaynonasi bilan yashaydi. Biroq ularning tinch hayoti o‘tmishdan qaytgan odam tufayli izdan chiqadi. Filmda, shuningdek, Marsiya Gey Xarden, Lourens O'Fuarayn va Jonatan Xovard ham ishtirok etgan. Kartina premerasi sanasi hali ma’lum emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sofi Tyorner: Kit Xarington bilan sahna ortidagi sirlar