Amerikalik mashhur aktyor Itan Xouk bir paytlar Leonardo Di Kaprio ijro etgan afsonaviy Jek Douson rolidan voz kechganini eslab, bu qaroridan hech qachon pushaymon bo‘lmaganini aytdi.
54 yoshli Xouk GQ jurnaliga bergan suhbatida “Titanik” filmi ortidan kelgan ulkan mashhurlikni o‘sha paytda ko‘tara olmagan bo‘lardim, deya ta’kidladi:
“Men hech qachon Leo kabi bu darajadagi muvaffaqiyatga erisha olmasdim”, — dedi aktyor.
Jeyms Kemeronning 1997 yilda suratga olingan filmi Di Kaprioni jahon yulduziga aylantirdi. Uning Keyt Uinslet bilan ekrandagi duyetini muxlislar hanuz kino tarixidagi eng yorqin juftliklardan biri sifatida eslashadi.
Xouk o‘sha davrga qadar ham bir qator yirik loyihalarda rol o‘ynagan edi: “O‘lik shoirlar jamiyati”, "Haqiqat chaqishi", “Quyosh chiqishidan oldin” shular jumlasidan. Keyinchalik esa “Trening kuni” filmi uchun Oskar nominatsiyasiga ham sazovor bo‘ldi. U o‘shanda Denzel Vashingtonning uni qo‘llab-quvvatlaganini minnatdorchilik bilan eslaydi:
“Ma’lumotingizni mukofot oshirmaydi, balki siz mukofotning qadrini ko‘tarishingiz kerak”.
Shu bilan birga, Di Kaprio “Titanik” orqali Gollivud cho‘qqisiga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, Xouk o‘zining ham boshqa yo‘l bilan muvaffaqiyat qozonganiga ishonadi. U 1997 yilda o‘sha paytdagi rafiqasi Umoy Turman bilan birga “Gattake” filmida suratga tushgan edi.
Aktyor 1998 yilda Turman bilan turmush qurdi, biroq 2005 yilda ajrashishdi. Bu voqea OAVning katta e’tiboriga sabab bo‘lgan va Xouk o‘sha paytda matbuot qiziqishini og‘ir qabul qilganini yashirmaydi. Shunga qaramay, sobiq er-xotin farzandlari — bugungi kunda 27 yoshga kirgan Maya va 23 yoshli Levon uchun samimiy munosabatni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bugun ham Itan Xouk faol ijod qilmoqda va oradan yillar o‘tib “Titanik”dagi rad etilgan rol haqida shunday deydi: Leonardo Di Kaprioga nasib etgan shon-shuhrat unga ortiqcha yuk bo‘lishi mumkin edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!