82-Venetsiya xalqaro kinofestivali o‘z g‘oliblarini aniqladi. Mashhur amerikalik rejissyor Jim Jarmushning “Ota, ona, opa, aka” filmi bosh mukofot — “Oltin sher” bilan taqdirlandi, deya yozmoqda Variety.
Jarmush faoliyatida ilk bor “Oltin sher”ni qo‘lga kiritdi. Uning yangi kartinasi AQSh, Irlandiya va Fransiyada oila va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni yorituvchi uch hikoyadan iborat. Filmda Mayim Bialik, Keyt Blanshett va Adam Driver kabi yulduzlar rol ijro etgan.
Shuningdek, avvallari akasi Josh bilan birga ishlagan Benni Safdi “Eng yaxshi rejissyor” yo‘nalishida “Kumush sher” sovrinini oldi. U Venetsiyada 2000 yillarda mashhur bo‘lgan MMA jangchisi Mark Kerr hayotiga bag‘ishlangan “Crash Machine” sport dramasini taqdim etdi. Premyera vaqtida bosh rolni ijro etgan Dueyn “Rok” Jonson ko‘z yoshlarini yashira olmadi.
Festivalning yana bir muhim mukofoti tunislik rejissyor Kauter Ben Xaniyaning “Hind Rajab ovozi” filmiga nasib etdi. Asarda G‘azoda 6 yoshli qizchaning qutqarilishi tasvirlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!