Selena Gomez “Good Hang” podkastida Pixar multfilmlariga bo‘lgan mehrini oshkor qildi. U aytishicha, sevimli loyihalaridan biri – “Inside Out” filmi. Xonanda kelajakda bu kartinani albatta farzandlariga ham ko‘rsatishini ta’kidladi.
Gomez, shuningdek, 2024 yil iyun oyida namoyish etilgan franshizaning ikkinchi qismini ham iliq qabul qilganini aytdi. “Men uni singlim bilan tomosha qildim va unda haqiqatni ko‘rganim uchun yig‘ladim”, deya o‘z taassurotlarini bo‘lishdi san’atkor.
Selena fikricha, multfilmda ulg‘ayish jarayoni juda tabiiy va hayotiy tasvirlangan. “Bir pallani eslaysiz, palitrangizda ranglar quyuqlashganini sezgan bo‘lasiz. Bu o‘sishning ajralmas qismi, biroq juda og‘ir”, dedi u.
Shuningdek, u bu filmni albatta farzandlariga ham ko‘rsatishni niyat qilganini qo‘shimcha qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!