Christiye's auksion uyi xabariga ko‘ra, 26 sentyabr kuni Gongkongda 20–21 asr san’atiga bag‘ishlangan savdo marosimi o‘tkaziladi. Unda Pablo Pikassoning mashhur asarlaridan biri — Dora Maar portreti sotuvga qo‘yiladi, deb yozmoqda Pravilamag.
Mazkur tuval 1944 yilda, nemislar Parijni ishg‘ol qilgan davrda chizilgan bo‘lib, mutaxassislar uni 11–14 million dollarga baholamoqda.
Ushbu portret rassom va syurrealist ijodkor, fotograf Dora Maar bilan Pikasso o‘rtasidagi to‘qqiz yil davom etgan munosabatlarning yakunida yaratilgan. Aynan shu davrda u “Yig‘layotgan ayol” kabi dunyoga mashhur bo‘lgan ko‘plab asarlarini ham yaratgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar