
Qiziqchi Zokir Ochildievning otasi vafot etdi, deb yozmoqda Daryo.uz sayti.
«Dadam Jo‘raqul Ochildiev 1947 yil tug‘ilgandilar. Vafotlaridan bir yarim soat oldin ham nabiralari bilan o‘yin-kulgu qilib o‘tirgan ekanlar. 14 dekabr kuni jonlari uzildi», — deb aytib o‘tgan Zokir Ochildiev jurnalist Feruz Muhammad bilan suhbatda.
Jo‘raqul Ochildiev Samarqand viloyati, Urgut tumanida joylashgan Do‘ng qishlog‘idagi qabristonga dafn etilgan. Marhum uchun 22 dekabr kuni ehson dasturxoni yoziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar