12:42 / 22.12.2016
20 952

Shahzoda Matchonova o‘zining "shaxsiy hayotini muhokama qilayotganlar"ga javob qaytardi

Shahzoda Matchonova o‘zining "shaxsiy hayotini muhokama qilayotganlar"ga javob qaytardi

Joriy yilning 25 noyabr kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” to‘yxonasida aktrisa Shaxzoda Matchonova Omar ismli yigitga turmushga chiqqani xaqida xabar bergan edik. Shahzodaning to‘yi ijtimoiy tarmoqlarda ancha paytgacha qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

26 noyabrdan bu to‘y bilan bog‘liq avvaliga gumonlar keyin esa g‘alati xabarlar, ketidan esa umuman mantiqqa zid ma’lumotlar yog‘ila boshladi.

Xususan, izohlarda odamlar kuyov haqida turli ma’lumotlar yoza boshladi. Ya’ni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Omar ismli yigit aslida Muzaffar ekanligi, hatto kuyovning eng yaqinlari ham to‘y xaqida internetdan bilishganidan hayratda ekanliklari yozgan.

“Sayyod.com” nashri Shahzodaning turmush o‘rtog‘i Omar haqida to‘liq ma’lumot keltirdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, Omarning asli ismi Muzaffar.

Masharifov Muzaffar Mirayimovich 28 sentyabrda tug‘ilgan, o‘zbek, 9 oyligida otasi vafot etgan, onasi bilan Turkiyadagi Istanbul shahrida ishlab, istiqomat qilishgan. O‘zbekistonda bir vaqtlar judayam mashxur va taniqli bir guruhdagi solistlarning jiyani. Turkiyaning futbol jamoalaridan birida to‘p suradi va shu taraflama ko‘pchilik uni yaxshi taniydi.

Aktrisa Shahzoda Matchonova shaxsiy hayoti internet foydalanuvchilari tomonidan muhokama qilinaverishidan charchagan ko‘rinadi. U bunday muhokamalarga Facebook`dagi sahifasi orqali javob qaytarishga qaror qildi.

“Oyi, nimaga qo‘shnimiz kimga uylangani, tanishim kim bilan uchrashishi, haligi klipmeykerning xotini kecha qanaqa kiyimda ekanligi,birovning puli bor-yo‘qligi, men haqimda yomon fikrlaydigan ayolning o‘tmishi menga baribir, o‘zining sobiq sevgilisi haqida yomon gaplarni gapiradigan odamlar bilan ishim yo‘q. Menga kimning nimada yurishi, biror insonning turmush tarzi, uning dini, millati, kasbi umuman qiziq emas, baribir.

Men hech qachon hech kimni gapirmayman, muhokama qilmayman, oyi... Bu men Yaratgandan qo‘rqqanim uchunmi yoki siz meni shunday tarbiyalaganmisiz, oyi?”,—deb yozdi Shahzoda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda Matchonova o‘zining "shaxsiy hayotini muhokama qilayotganlar"ga javob qaytardi