date

P.Diddy mahbuslar uchun biznes va motivatsiya kursini ochdi

P.Diddy mahbuslar uchun biznes va motivatsiya kursini ochdi

Amerikalik reper va prodyuser P.Diddy (asli ismi Shon Kombs) qamoqxonada o‘zi tashkil etgan “Diddydan hayot saboqlari” nomli shaxsiy rivojlanish kurslarini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Loyiha doirasida reper mahbuslarga biznes olib borish, ijobiy fikrlash, mag‘lubiyatni qabul qilish, shaxsiy ehtiroslarni nazorat qilish hamda maqsad qo‘yib, unga yetishish bo‘yicha maslahatlar beradi. Shuningdek, raqobatda ustun turish sirlarini ham o‘rgatishi aytilgan.

Olti haftalik kurs doirasida ma’ruzalar bilan bir qatorda amaliy vazifalar ham nazarda tutilgan. Hujjatlarda qayd etilishicha, “Dastur Shon 'Diddy' Kombsning hayotiga yaqindan nazar tashlash imkonini beradi — kamtarlikdan to jahon darajasidagi ishbilarmon va madaniy ramzga aylanish yo‘ligacha”.

Reperning advokatlari ta’kidlashicha, Kombsning mahbuslarga yordam berish niyati sudda yengillashtiruvchi omil sifatida inobatga olinishi kerak. Ularga ko‘ra, P.Diddy bu kurslarni “hayotidagi eng ahamiyatli va ta’sirli tashabbuslardan biri” deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida sud hay’ati P.Diddy ishi bo‘yicha qaror chiqargandi. U ayollarni fohishalikka jalb qilish uchun tashishda aybdor deb topilgan, ammo jinsiy savdo va jinoiy faoliyat tashkil etish bo‘yicha og‘ir ayblovlardan oqlangan.

Advokatlar sudyadan unga 14 oylik qamoq jazosi berishni so‘ragan bo‘lsa, federal prokurorlar Kombsni 11 yilga ozodlikdan mahrum etish va 500 ming dollar jarima tayinlashni talab qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » P.Diddy mahbuslar uchun biznes va motivatsiya kursini ochdi