date

1371 metr chuqurlikdan chiqqan “Toshkent suvi”ning sirli tarixi

1371 metr chuqurlikdan chiqqan “Toshkent suvi”ning sirli tarixi

27 sentyabr kuni poytaxtdagi Alisher Navoiy kino saroyida “Toshkent mineral suvining afsonalari va sirlari” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Kinolentada 1371 metr yer osti qatlamidan olinadigan, tarkibida kalsiy, magniy va kremniy kabi inson salomatligi uchun foydali tabiiy moddalar mavjud bo‘lgan suv haqida so‘z boradi.

Filmni mashhur rejissyor Sardor Isxakov suratga olgan. Unda tarixchilar, olimlar va tibbiyot mutaxassislari “Toshkent suvi”ning yaratilish tarixi, uning shifobaxsh xususiyatlari hamda ahamiyati haqida o‘z fikr va xotiralarini bayon etgan.

Bu suv — oddiy shisha ichidagi ichimlik emas. U tarix, tabiat va inson xotirasi uyg‘unlashgan sof ilhom manbaidir. “Toshkent suvi” nafaqat tashnalikni bosadi, balki asrlar qa’rida yashiringan tabiiy mo‘jizaning ramzi sifatida ham qadrlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 1371 metr chuqurlikdan chiqqan “Toshkent suvi”ning sirli tarixi