date

Yulduz Usmonovaning “o‘g‘li” va “o‘gay qizi” tasodifan uchrashib qoldi (video)

Yulduz Usmonovaning “o‘g‘li” va “o‘gay qizi” tasodifan uchrashib qoldi (video)

Samarkanddan qaytib kelayotgan xonanda Nilufar Usmonova tasodifan yoqilg‘i quyish shoxobchasida bastakor va xonanda Malik bilan uchrashib qolganini video orqali muxlislarga ma’lum qildi. U kulguli tarzda videoga “O‘gay qizi — men, ayamning o‘g‘li — Malik” deb yozgan.

Nilufar Usmonovaning aytishicha, ular har kuni internet orqali bir necha marta muloqot qilishadi, ammo bu safar kutilmaganda ko‘chada duch kelishgan. Videoda xonanda tabassumi bilan “Yangi­liklar bormi?” degan savolga javob berar ekan, shunday dedi:
“Sizlar uchun juda yaxshi yangiligimiz bor! Yaqin kunlarda yangi qo‘shig‘imiz tayyor bo‘ladi. Kuyini Malik yozgan — haqiqiy asar!”

Boshiga kapyushon kiygan Malik esa Nilufarning “Aytaveramizmi nomini?” degan savoliga hazil bilan “Keyinroq” deb javob berdi.

Kadr­larda ikki ijodkorning samimiy muloqoti, do‘stona munosabati va ijodga bo‘lgan muhabbati yorqin aks etgan. Muxlislar esa ularning bu tasodifiy uchrashuvini ijodiy do‘stlikning yana bir guvohi sifatida qabul qilishdi.

Ko‘pchilik fikricha, Nilufar Usmonova va Malikning bu yangi loyihasi yaqin orada musiqa olamini larzaga solishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonovaning “o‘g‘li” va “o‘gay qizi” tasodifan uchrashib qoldi (video)