date

Rossiyada Alla Pugachyovani pensiyadan mahrum qilish taklifi bildirildi

Rossiyada Alla Pugachyovani pensiyadan mahrum qilish taklifi bildirildi

Rossiyada mashhur xonanda Alla Pugachyovaning davlat pensiyasini to‘xtatish masalasi keng muhokama qilinmoqda.

Bu tashabbus bilan “Xalq chaqiruvi” (“Zov naroda”) harakati rahbari Sergey Zaytsev chiqdi, deb yozmoqda Upl.uz sayti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pugachyova Rossiyadan ketib, mamlakat manfaatlariga qarshi chiqayotgan shaxs sifatida davlat tomonidan moliyaviy yordam olish huquqiga ega emas.

“Men qat’iy ishonaman — Rossiyani tan olmaydigan va unga qarshi chiqadigan odamlar davlatdan hech qanday moddiy naf olmasligi kerak. Ular tanqid qilayotgan mamlakat ularni nima uchun ta’minlashi kerak?”

— dedi Zaytsev.

Ma’lum bo‘lishicha, 76 yoshli Pugachyova, xorijda yashayotganiga qaramay, Rossiyadan pensiya olishda davom etmoqda. To‘lovlar uning bank kartasiga muntazam tushib turadi, Rossiyadagi ayrim moliyaviy masalalar esa ishonchli vakillar orqali hal etiladi.

Rossiya qonunlariga ko‘ra, fuqaroni pensiyadan mahrum etish uchun na yashash joyini o‘zgartirish, na “chet el agenti” deb e’tirof etilish, na jinoyat sodir etish asos bo‘la olmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rossiyada Alla Pugachyovani pensiyadan mahrum qilish taklifi bildirildi