
Rossiyada “Birinchi kanal” tomonidan o‘tkazilgan “Golos. Deti” loyihasining ikkinchi mavsumida g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik 14 yoshli qo‘shiqchi Sabina Mustaeva xayriya tadbirida ishtirok etdi va jamg‘arma uchun 500 ming rubl hadya qildi, deb yozadi Kun.uz.
“Men o‘z pullarimni xayriya uchun sarfladim. Bu pullar bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar, jonivorlar hamda nogironlar uchun ishlatilishini istayman. Buni bolaligimdan beri orzu qilardim”, deydi Sabina.
Ma’lumot uchun, teleshoudagi g‘oliblik uchun Sabina Mustaeva 10 ming dollarlik (500 ming rubl atrofida) mukofot puli olgandi.
Sabina MustaevaGolos DetiXayriya TadbirO‘zbekistonlik Qo‘shiqchiBirinchi KanalMukofot Puli O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar