15:03 / 10.01.2017
16 167

Taniqli xonandalardan biri bugun turmushga chiqmoqda

Taniqli xonandalardan biri bugun turmushga chiqmoqda

Taniqli xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori Sayyorai Jahon bugun, 10 yanvar kuni turmushga chiqmoqda. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.

Farg‘onalik bo‘lgan Sayyorai Jahon andijonlik yigitga turmushga chiqmoqda. Ayni damda Andijonda to‘y marosimi o‘tkazilyapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, 15 yanvar kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida Toshkentdagilar uchun to‘y marosimi bo‘lib o‘tadi.

Xonandaning turmush o‘rtog‘i tadbirkor. Uzunquloq gaplarga qaraganda, to‘ydan so‘ng Sayyora san’atdagi faoliyatini to‘xtatadi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Sayyorai Jahonga oilaviy baxt tilab qolamiz.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Taniqli xonandalardan biri bugun turmushga chiqmoqda