date

Teylor Svift musiqa tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Teylor Svift musiqa tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Dunyoga mashhur amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift musiqa sanoati tarixida eng muvaffaqiyatli va tijoriy jihatdan foydali ijodkor sifatida tan olindi. Bu haqda ChartMasters global reytingi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sviftning umumiy ko‘rsatkichi 253,4 million EAS (Equivalent Album Sales)ga yetdi. Shu tariqa u pop qirolichasi Madonnani 0,1 million, ya’ni 351 ming albom farqi bilan ortda qoldirdi.

Hozirda Teylor Svift jahon tarixidagi beshinchi eng ko‘p sotilgan ijodkor bo‘lib, uning oldida faqat The Beatles, Maykl Jekson, Elvis Presli va Queen turibdi.

Svift bu bilan cheklanib qolmadi — u 2022-yilda Billboard Hot 100 chartlarining birinchi o‘ntaligini to‘liq egallagan yagona ijodkorga aylangandi. Shuningdek, oxirgi o‘n yilda u vinil plastinkalar sotuvida ham yetakchilikni saqlab kelmoqda.

Uning mashhur gastrol turnesi “The Eras Tour” ham tarixga kirdi — u 2023–2024-yillardagi 149 ta konserti orqali 2 milliard dollardan ortiq daromad topdi.

Shuningdek, Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Sviftning boyligi 1,6 milliard dollarga yetgan — bu uni Riannadan keyin emas, balki undan oldin turishiga sabab bo‘ldi.

Teylor Svift nafaqat musiqada, balki butun shou-biznesda zamonaviy davrning eng ta’sirli ayoli sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Teylor Svift musiqa tarixida yangi rekord o‘rnatdi