Bugun, 23 yanvar tunda aktrisa Halima Ibragimovaga hujum qilindi. Bu haqda aktrisa o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi, deydi Qalampir.uz sayti.
“Xayrli kech. Bugun, taxminan soat 00:03 atrofida noxush voqea sodir bo‘ldi. Mening xonadonimda, shaxsiy mashinamga kimdir zarar etkazdi. Taxminimcha bu ishni ikki kishi amalga oshirgan. Ular ko‘chamga o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga tushib qolishgan. Bu ishni kim qilganini taxmin qilayapman. Agar shu ko‘ngilsiz voqea haqida xabardor bo‘lganlar bo‘lsa, Direct’ga yozishingizni so‘rardim. Ma’lumot uchun pul mukofoti, suyunchi bor”, deb yozadi aktrisa.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisaning uyiga bir necha noma’lum shaxslar kelib, uning xonadoni va mashinasiga qarata tosh otishgan. Natijada Halima Ibragimovaga tegishli avtomobilning o‘ng tomondagi oynalari sinib, chil-chil bo‘lgan.
Hujum vaqtida Halima Ibragimova uyda bo‘lganmi yoki yo‘q, bunisi bizga noma’lum. Eng muhimi, uning o‘zi salomat.
Aktrisa ushbu xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgach, muxlislarining aksariyati bu ishni uni tanigan insonlargina amalga oshirishi mumkinligini, vaziyatga e’tiborsiz bo‘lmasdan, huquq-tartibot organlariga murojaat qilishni maslahat berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi