
O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova ikkinchi bor yurak xurujini boshidan kechirib, Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaga joylashtirilgani haqida xabar bergan edik. Shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanayotgan aktrisaning hozirgi ahvoli haqida uning qizi ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi, deya yozadi Qalampir.uz sayti.
“Onajonimning aziz muxlislari, oilamizning do‘stlari, qadrli yaqinlarim! Onajonim 22 yanvar kuni ikkinchi bor infarkt bo‘lib, Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaga yotqizildilar. Ayni damda jonlantirish bo‘limidalar. Shukur, shifokorlar borki, biror dardga chalinsak, ulardan malham topamiz. Biroq hamma shifikorlar ham vazifasiga sidqidildan yondashmas ekan”, deb yozadi Xoliqovaning qizi.
Zebiniso onasining salomatligi haqidagi savollarga javob berar ekan, shifoxonalarda hamon ishiga mas’uliyatsiz shifokor va hamshiralar borligini aytadi:
“Shifoxonada davolanayotgan Onajonimning ahvollari bugun og‘irlashdi. O‘zlari aytib berishlaricha, kecha tunda hamshiralar ularga osma ukol qo‘yib, chiqib ketishgan. Oradan vaqt o‘tib kapilnisa ignasi tomirlaridan chiqib ketib, qon oqa boshlagan. Buning oqibatida qon bosimlari tushib ketgan. Tungi soat 4:00 da xabar olishga kirgan hamshiralar erga oqib yotgan qonni ko‘rishgan va uni artib olishgan. Bularni menga onam aytib berdilar. Lekin hamshiralar va shifoxonadagilar buni butkul rad etishyapti”.
Muqaddas Xoliqovaning qizi Zebiniso xabar so‘nggida aytishicha, ayni damda aktrisani boshqa shifoxonaga olib o‘tishga harakat qilinmoqda. U vaziyatdan boxabar bo‘lib, telefon orqali xabar olib turganlarga minnatdorchilik bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar