date

Ispaniya oltin tangasi kimoshdi savdosida rekord darajadagi 3,5 million dollarga sotildi

Ispaniya oltin tangasi kimoshdi savdosida rekord darajadagi 3,5 million dollarga sotildi

1609 yilda zarb qilingan ispan oltin tangasi Jenevadagi Numismatica Genevensis SA kimoshdi savdosida 3,49 million dollarga sotildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

339 grammlik tanga Ispaniyaning Segoviya shahrida qirol Filipp III davrida ishlab chiqarilgan. Ustalar uni Yangi dunyodan jahongirlar olib kelgan oltindan zarb qilishgan.

1609 yilda Ispaniya qiroli Filipp III uchun zarb qilingan yirik oltin tanga barcha rekordlarni yangiladi va dushanba kuni Shveytsariyada sotuvda Yevropadagi eng qimmat tangaga aylandi.

Auksion uyi asoschisi Alen Baronning so‘zlariga ko‘ra, tanga qirollik boyligi va hokimiyatining ramzi sifatida yaratilgan. Uning qiymatini o‘sha davrdagi insonning ko‘p yillik ish haqi bilan taqqoslash mumkin edi.

Tanga bir necha asrlar davomida yo‘qolgan. Taxminan 1950 yilda u AQSHga borib qoldi, u yerda uni Nyu-Yorklik kolleksioner sotib oldi va o‘n yildan so‘ng ispan xaridoriga sotdi. Keyinchalik u kim oshdi savdosida shaxsi oshkor etilmagan boshqa kolleksionerga sotilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ispaniya oltin tangasi kimoshdi savdosida rekord darajadagi 3,5 million dollarga sotildi