12:15 / 27.01.2017
8 371

“O‘zbekkino” MA Bosh direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

“O‘zbekkino” MA Bosh direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

“O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlangan. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.

Ma’lum qilishinicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 yanvardagi qaroriga asosan Nizami Jalolovich Mahmudov “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan.

Nizami Mahmudov shu kunga qadar Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi lavozimida faoliyat yuritgan. Undan oldin ko‘p yillar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida samarali mehnat qilgan.

Ma’lumot uchun, 2016 yilning yanvar oyida aktyor Otabek Musaev “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori etib tayinlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “O‘zbekkino” MA Bosh direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi