11:05 / 31.01.2017
8 611

Aziza Niyozmetovaning 25 yillik yubiley konserti kutilgandanda a’lo o‘tdi (FOTO)

Aziza Niyozmetovaning 25 yillik yubiley konserti kutilgandanda a’lo o‘tdi (FOTO)

26-27 yanvar kunlari xonanda Aziza Niyozmetovaning “Yuragimdan joy beraman, kelsangiz” deb nomlangan 25 yillik yubiley konsert dasturi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi "Darakchi" nashri.

Xonandaning muxlislari tomonidan orziqib kutilgan konsert kutilganidan-da, a’lo darajada o‘tdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi, xonandaning o‘zi ham konsertlar borasidagi 10 yillik tanaffusdan so‘ng muxlislarning bunchalik e’tiborini kutmagan bo‘lsa kerak. Konsert dasturiga turli viloyatlaridan tashrif buyurgan muxlislar sevimli xonandalarining quvonchiga sherik bo‘lishdi. 27 yanvar kuni dastur Aziza Niyozmetovaning tavallud ayyomi bilan uyg‘un holda o‘tdi. Tashrif buyurganlar xonandani ham ijodiy kecha ham tavallud ayyom bilan muborakbod etishdi.

Dasturda jami 21 ta qo‘shiq ijro etildi, ularning deyarli yarmini yangi qo‘shiqlar tashkil etadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xonanda bir qancha qo‘shiqlarni jonli ijro etib, fonogrammaga bog‘lanib qolmaganligini isbotlay oldi. “Kishmish”, “Naylayin” va “Bu ko‘cha” qo‘shiqlarini muxlislar ham jo‘r bo‘lib ijro etishdi.

Xonanda tomonidan kuylangan duetlar ayniqsa olqishlar bilan kutib olindi. Aytaylik , xonanda Sobirjon Mo‘minov bilan kuylagan “Xorazmga kuyov bo‘laman” duetining yaratilganiga 20 yilga yaqin vaqt bo‘lgan bo‘lsa-da, hamon muxlislarning eng sevimli taronasi bo‘lib qolganini yana bir bor guvoh bo‘lish mumkin. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov bilan kuylangan “Og‘ajon” dueti ham tez oradan xit taronalar qatoridan joy egallashi shubhasiz.

Aziza Niyozmetovaning yosh xonanda bilan ijro etgan halfachilik yo‘nalishidagi jonli ijrodagi dueti dasturga haqiqiy xorazmcha ruh bag‘ishladi.

Dasturga marhum ustoz san’atkor Bekjon Jumaniyozov reperturidan joy egallagan “Lazgi” taronasi yakun yasadi. Muxlislar zalni jo‘shqin kayfiyatda tark etishdi.

Dasturning o‘zgacha fayzli o‘tishida albatta ashula va raqs ansambllarining o‘rni bor. “O‘zbekiston”, “Navro‘z” va “Sirdaryo navolari” ansamblari folklor va zamonaviy raqslarni maromiga etkazib ijro etishdi.

Darvoqe, ikki kun davomida saroy zali liq to‘la bo‘lganini alohida e’tirof etish lozim.

Kutilgandan-da a’lo o‘tgan konsert dasturining zamirida rejissyor Oybek Aliev, prodyusser Mahliyo Ro‘zieva va uning “Dilkash lahzalar” korxona xodimlarining alohida o‘rni bor va shubhasiz ularning mehnatlari o‘z samarasini berdi.















arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aziza Niyozmetovaning 25 yillik yubiley konserti kutilgandanda a’lo o‘tdi (FOTO)