
Variety nashri 2025-yilning eng yaxshi 10 ta serialini aniqladi. Bu yilgi tanlov juda xilma-xil janrlardagi loyihalarni o‘z ichiga olgan. “Ayrim seriallar bizga mistika, fantastika, stress va hayotdan qochish kabi mavzularni taqdim etsa, boshqalar esa jamiyatning holati, insoniy munosabatlar va ichki qarama-qarshiliklar haqida chuqur fikr yuritishga undaydi”, deb ta’kidlangan xabarda.
Birinchi o‘rin Netflix’ning “O‘tish davri” miniserialiga berildi. Bu loyiha 13 yoshli o‘smirning sinfdoshini vahshiylarcha o‘ldirishda ayblangani haqida hikoya qiladi. Serial to‘rt epizoddan iborat bo‘lib, har bir epizod bir kadrda suratga olingan, bu esa tomoshabinlarga voqealar markazida bo‘lish hissini beradi.

Ikkinchi o‘rinni “Pitt kasalxonasi” seriali egalladi. Ushbu tibbiy drama HBO Max platformasida namoyish etildi va “Eng yaxshi dramatik serial” nominatsiyasini 2025-yilgi Oltin globus mukofotidan nomzod bo‘ldi. Serialda zamonaviy tibbiyotning murakkab holatlari, shifokorlar va bemorlar o‘rtasidagi interaksiyalar tasvirlanadi.

Uchinchi o‘ringa bolalikdagi do‘stlarining birinchi muhabbati va o‘sish jarayonidagi hissiy qarama-qarshiliklarini yoritgan “Bir umr sen bilan” seriali qo‘yildi. Bu loyiha Netflix platformasida namoyish etildi va katta qiziqish uyg‘otdi.

Eng yaxshi seriallar to‘liq reytingi:
1.“O‘tish davri” (Netflix)
2.“Pitt kasalxonasi” (HBO Max)
3.“Bir umr sen bilan” (Netflix)
4.“Jannat” (Hulu)
5.“U: Derriga xush kelibsiz” (HBO)
6.“Chet ellik: Mening qonimdan qon” (Starz)
7.“Mingta zarba” (Hulu)
8.“Zulmatda” (Netflix)
9.“Oltin asr” (HBO)
10.“Merdo: Oilaviy o‘lim” (Hulu)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.