Madonna Malaviya Oliy sudining qaroriga ko‘ra, endilikda yana ikkita bolani asrab olish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda "Sky News"ga asoslanib "Qalampir" xabar bermoqda.
Madonna qaror o‘qilayotgan payti sud zalida ishtirok etdi. Malaviya Oliy sudyasi Mlenga Mvula qo‘shiqchining yuzidagi tabassumga qo‘shimcha qilib, uning ikki farzandini darhol bag‘riga bosib suhbatlashish lozimligini ta’kidlagan. “To‘rt yoshli egizak qizlar – Eszer va Stella”, deb qo‘shimcha qildi u.
58 yoshli pop yulduz bundan oldin ham malavi millatiga mansub Devid Banda hamda Mersi Jeymslarni 2006 va 2009 yillarda ketma-ket asrab olgan edi.
Ma’lumot uchun, Madonna 2006 yil Afrika xalqlariga ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ko‘mak berish, aynan qizlarning hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga yordam berish maqsadlarida “Malaviya rivojlanishi uchun” nodavlat notijorat tashkilotini tuzgan.
Madonnaning oldingi turmushidan ham ikki nafar Lurdes va Rokko ismli farzandlari bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?