23:33 / 09.02.2017
11 747

Sofiya Rotaruning 15 yoshli nabirasi moda olamini zabt etmoqda

Sofiya Rotaruning 15 yoshli nabirasi moda olamini zabt etmoqda

Taniqli qo‘shiqchi Sofiya Rotaruning 15 yoshli nabirasi Sofiya Evdokimenko moda olamiga dalil odimlar bilan kirib kelmoqda. Qizaloq Ukrainaning Elle jurnali yuziga aylanishga ulgurdi.

Shuningdek, Anna K va Poustovit brendlarining asosiy modeli ham aynan u. Shu kunlarda kichik Sofiya Mercedes-Benz Kiev versiyasi bo‘yicha yilning eng yaxshi modeli mukofoti - Fashion Prize ga loyiq ko‘rildi, deb yozmoqda Vodiymedia.uz.

Uning bu boradagi iqtidorini yuzaga chiqishida Karl Lagerfeldning hissasi katta. Aynan ushbu jahonga mashhur nemis modeleri va suratchisi Sofiyani sohaga qiziqtirgan va ruhlantirgan. "Bu juda qiziq bo‘lgandi. Biz Karl bilan hech qachon uchrashmaganmiz. Unga mening suratimni Parijda bir tanishim ko‘rsatgan. Shundan keyin u menga samimiy tilaklar bildirib, dastxat bitgan holda “The little black jacket” nomli kitobini yuborgandi", - deb esga oladi Sofiya.

Sofiya etti yoshida podiumga ko‘tarilib, Kievda Bonpoint bolalar liboslarini namoyish etadi. Aynan shu brend liboslarining reklamasi unga dastlabki, yirik mablag‘ni olib keladi. "Bu pullarni hali ishlatgani yo‘q. Yaqinlarimga ajoyib sovg‘a tayyorlamoqiman. Buning uchun to‘plagan mablag‘larimni sarflayman", - deydi yosh model.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sofiya Rotaruning 15 yoshli nabirasi moda olamini zabt etmoqda