
G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova 50 yoshida xastalik sabab olamdan o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Xonanda jigar sohasida operasiya amaliyotini o‘tkazish uchun Hindistonga jo‘nab ketgan edi. Afsuski, shifokorlarning urinishlari zoe ketib, Munira Muhammedova vafot etdi.
Xonandaning eng yaqin dugonasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulovaning ma’lum qilishicha, Munira Muhammedovaning jasadi ortilgan samolyot bugun, 12 fevral kuni tushdan so‘ng Toshkentga kelib qo‘nadi.
Munira Muhammedova vasiyatiga ko‘ra, ertaga, 13 fevral kuni Toshkent viloyati, Pskent tumani, Muratali qishlog‘idagi qabristonga, marhum volidasining yoniga dafn etiladi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
1966 yilning 26 martida tavallud topgan Munira Muhammedova tinglovchilar orasida tojik, fors, arab tilidagi qo‘shiqlari bilan tanilgan edi. Xonandaning bir o‘g‘il va bir qizi, 3 nabirasi bor edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar