13:21 / 17.02.2017
8 647

​Farhod Maxmudov: “Baron”ni Shavkat Mirziyoyev tomosha qilganini eshitib, g‘ururga to‘ldim

​Farhod Maxmudov: “Baron”ni Shavkat Mirziyoyev tomosha qilganini eshitib, g‘ururga to‘ldim

“E’tirof-2016” taqdirlash marosimida “Chet mamlakatlardagi eng yaxshi film aktyori” yominasiyasida g‘olib deb topilgan aktyor Farhod Maxmudov o‘zining ayni paytdagi kechinmalari va hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozmoqda Darakchi.uz.

—Men bundan 28 yil avval Rossiyaga o‘qishga ketganman. Rustam Sa’diev “Baron”da suratga tushish taklifi bilan menga qo‘ng‘iroq qildi. Go‘shakni qo‘yib, ancha paytgacha qotib turdim. Shunda o‘g‘lim mendan nima bo‘lganini so‘radi. Men unga bu qo‘ng‘iroqni 28 yil kutganimni aytdim. Bu mo‘jiza edi. Filmimizni Shavkat Mirziyoyev tomosha qilganini eshitganimda o‘zgacha g‘ururga to‘ldim. Aytgancha, u inson o‘sha paytda O‘zbekiston bosh vaziri edi. Hozir esa O‘zbekiston prezidenti. Ishonchim komil, Bunday Prezident bilan O‘zbekiston madaniyati kelgusida yanada rivojlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Farhod Maxmudov: “Baron”ni Shavkat Mirziyoyev tomosha qilganini eshitib, g‘ururga to‘ldim