Yulduz Usmonovaning katta nabirasi muxlislarni rom etdi (video)

Xonanda Yulduz Usmonovaning katta nabirasi buvisi uchun o‘z qo‘llari bilan taom tayyorladi. Ushbu samimiy va mehrga to‘la lahzalar aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinib, qisqa fursatda muxlislar e’tiborini tortdi.
Yulduz Usmonova nabirasi tomonidan tayyorlangan taomni tatib ko‘rib, uning juda mazali chiqqanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, nabirasi Saidni “buving aylansin” deya erkalab, mehr bilan bag‘riga bosdi. Buvi va nabira o‘rtasidagi samimiy munosabat tomoshabinlarda iliq tuyg‘ular uyg‘otdi.
Mazkur video muxlislar tomonidan iliq qarshi olinib, ko‘plab samimiy va ijobiy izohlarga sabab bo‘ldi. Kuzatuvchilar Nilufar Usmonovaning katta o‘g‘li Saidning buvisiga bo‘lgan hurmati, mehribonligi, odobi va o‘zini tutishi hamda kamtarligini alohida e’tirof etishdi. Ko‘pchilik Saidni tarbiyali va kibrga berilmagan yigit sifatida iliq fikrlar bilan maqtashdi.