date

Yangi treylerda X-Men Marvel koinotida ilk bor ko‘rindi

Yangi treylerda X-Men Marvel koinotida ilk bor ko‘rindi

Internetda “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” filmining yangi treyleri paydo bo‘ldi. Unda Marvel kinematik koinotida ilk bor X-Men jamoasi rasman namoyish etilib, mutantlar “Qasoskorlar” hikoyasiga qo‘shilayotgani tasdiqlandi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.

Qisqa rolikda professor Charlz Ksavyer, Magneto va Siklop kabi asosiy qahramonlar ko‘rinish beradi. Ayniqsa Siklop bu safar ancha tajovuzkor kayfiyatdagi obrazda taqdim etilgan.

Eng diqqatga sazovor jihat — klassik franshizadan tanish aktyorlarning qaytishi: Patrik Styuart, Iyen Makkellen va Jeyms Marsden yana o‘z rollarini ijro etadi. Bu esa yangi loyiha eski “mutantlar” filmlari bilan bevosita bog‘lanishini kuchaytiradi.

Shu tariqa X-Men ilk bor “Qasoskorlar” filmlari syujetiga to‘liq kiritilib, MCUning umumiy tarixiga integratsiya qilinmoqda.

“Qasoskorlar: Qiyomat kuni” premyerasi 18 dekabrga belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yangi treylerda X-Men Marvel koinotida ilk bor ko‘rindi