Shahzod Sultonov 30 yoshda sir saqlagan haqiqatlar ochildi

Shahzod Sultonov 30 yoshni qarshi oldi. U o‘zbek shou-biznesida aktyorlik va xonandalikni birga olib borayotgan taniqli bo‘ydoq san’atkor sifatida ko‘pchilik e’tiborida.
U xonanda Oybek Sultonovning kenja farzandi. Otasi uni bolaligidan sportga, ayniqsa boksga yo‘naltirgan. Shahzod avval muay-tay bilan shug‘ullangan, keyin boks hayotining muhim qismiga aylangan. Bolaligi moddiy qiyinchiliksiz o‘tganini, otasi oilaси uchun hamma sharoitni yaratganini aytadi.

Ijodda esa oson bo‘lmagan: ustozlardan “sendan aktyor chiqmaydi” degan gapni eshitgan, uch yilgacha asosan massovkada yurgan. Keyin Sardor Rahimxon qo‘llab-quvvatlagani sabab ilk katta imkoniyatlar paydo bo‘lgan.
Aktyor tanilib borayotgan paytda ba’zi ayollardan noqulay takliflar olganini ham ochiq aytgan. Oila masalasida esa ota-ona tanlagan qiz bilan ham avval ko‘rishib, keyin qaror qilishini, aktrisa bilan turmush qurса, uning san’atdan chetlashishini istashini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!