Shohruh reper rafiqasi Zlata bilan tanishish tarixi, uning asl o‘zbek oilasiga qanday ko‘nikib ketgani, farzandlari tug‘ilgani unga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida “Sayyod.com”ga bergan intervyusida so‘zlab berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Rafiqam bilan kafeda tanishganmiz. Inson bir kishini sevib qolsa, uning millati ham ahamiyatga ega emas. Men rafiqamga sevib uylanganman. Zlata mening muxlisim bo‘lmagan. U boshqa yo‘nalishdagi qo‘shiqlarni tinglaydi.
Bizning oilamiz sof o‘zbekcha oila. Zlata urf-odatlarimizga, an’analarimizga o‘rganib ketgan. Biz uni ‘o‘zbek’ qilib qo‘yganmiz.
Vaqt o‘tgani va yoshi ulg‘aygani sari inson o‘zgaradi. Farzandlarimning tug‘ilishi meni o‘zgartirdi, deb ayta olaman”.
Shohruh reper 24-25 mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan yangi konsertida 45 ta qo‘shiq ijro etadi. Konsert dasturida qo‘shiqlar jonli ijro etiladi.
Ma’lumot uchun, Shohruh reper 2016 yilning 12 may kuni Zlata ismli qiz bilan turmush qurdi. Ularning bir o‘g‘il va bir qiz farzandlari bor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi