Imrondan “Sehrgar” tez kunda: muxlislar klip ham kutmoqda

Xonanda Imron Instagram sahifasiga yangi video-post joyladi. Ushbu qisqa lavhadan ma’lum bo‘lishicha, xonandaning navbatdagi yangi taronasi yaqin kunlarda taqdim etiladi.
Ma’lum qilinishicha, yangi qo‘shiq "Sehrgar" deb nomlanadi. Post e’lon qilingan zahoti qo‘shiq parchasi ko‘plab muxlislar e’tiborini tortib, qisqa vaqt ichida ularning qalbidan joy oldi.
Izohlarda xonandaning obunachilari taronani iloji boricha tezroq chiqarishni, shuningdek, ushbu qo‘shiq uchun albatta klip suratga olinishi kerakligini yozib qoldirishdi. Ayrim muxlislar esa klip bosh roliga aktrisa Durdona Qurbonova taklif qilinishini ham so‘rashdi.
Muxlislarning fikricha, “Sehrgar” qo‘shig‘i yaqin kunlarning eng ko‘p tinglanadigan taronalaridan biriga aylanishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing