date

Mirjalol va Yasmina milliy atlas liboslarda raqsga tushdi — video muxlislarni rom etdi (video)

Mirjalol va Yasmina milliy atlas liboslarda raqsga tushdi — video muxlislarni rom etdi (video)

Xonanda Mirjalol Nematov kichik bloger Yasmina Zoitova bilan birgalikda tayyorlangan videopostni o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirdi.

Videoda Mirjalol Nematov o‘zining “Oydan go‘zal yuzlarim” nomli taronasiga Yasmina Zoitova bilan birga milliy liboslarda raqs ijro etadi. Rolikda o‘zbek milliy atlas liboslarining nafisligi va rang-barangligi alohida e’tiborni tortib, tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashgan.

Post qisqa fursatda ko‘plab ijobiy izohlarga sabab bo‘ldi. Muxlislar izohlarda Yasminaning samimiyligi va quvnoq obrazini alohida ta’kidlab, uni “asal qiz” deya atashgan. Shuningdek, milliy atlas libosi unga juda yarashgani, video esa juda iliq va ko‘ngilga yaqin chiqqanini yozib qoldirishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Mirjalol va Yasmina milliy atlas liboslarda raqsga tushdi — video muxlislarni rom etdi (video)