Xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 76 yoshni qarshi oldi

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov kecha 76 yoshni qarshi oldi. San’atkorning muxlislari va ixlosmandlari uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, ijtimoiy tarmoqlarda iliq va samimiy tilaklar qoldirishdi.
G‘ulomjon Yoqubov 1950 yil 1 mart kuni tavallud topgan. U Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan. Xonanda kuchli va yoqimli ovozi, ijrochilikdagi emotsional va ko‘tarinki ruhga boy uslubi bilan ajralib turadi.
San’atkor repertuarida ko‘plab mashhur qo‘shiqlar mavjud. Jumladan, "Zilola", "Elim deb","Feruz", "Dilorom", "Begoyim", "Qomat", "Ketolmaysan" va boshqa asarlari muxlislar orasida keng ommalashgan.
Shuningdek, G‘ulomjon Yoqubov bir qator kinokartinalarda ham rol ijro etgan. Xususan, "Shaytanat" teleseriali hamda "Katta hovli" filmi orqali tomoshabinlarga aktyor sifatida ham tanilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!