O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jaeva to‘y-hashamlarda ayollar libosini kiyib, pardoz-andoz bilan Asalxo‘jaevaning qo‘shiqlari fonogrammasiga og‘iz qimirlatib yurgan yigitni sudga bermoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.
“Qalampir” nashri Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida Mavluda Asalxo‘jaeva bilan bog‘landi.
“Sizlarning saytingizda chiqqan xabardan keyin o‘sha taqlidchi yigit uyimga keldi, uzr so‘radi. To‘ylarda qilayotgan taqlidi menga bezarar ekanini tushuntirishga harakat qildi. Shunday bo‘lsa-da, erkak kishining ayollar libosini kiyib, mening qo‘shiqlarim fonogrammasiga og‘iz qimirlatib turishiga qarshiman. Muxlislarim ham buni yoqlamayapti.
Boburga rozi emasligimni aytdim va endi to‘ylarda Mavluda Asalxo‘jaeva sifatida namoyon bo‘lmaslikka va’da berdi. Bilishimcha, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi vakillari ham u bilan tushuntirish ishlarini olib borishdi. Ko‘ramiz, natija qanday bo‘larkin”, deydi Mavluda Asalxo‘jaeva. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi