date

Tom Holland va Zendaya rasman turmush qurishdi

Tom Holland va Zendaya rasman turmush qurishdi

Gollivudning eng ko‘p muhokama qilinadigan juftliklaridan biri — Tom Holland va Zendaya rasman turmush qurgani aytilmoqda. Bu haqda AQSH kinoaktyorlar gildiyasi (SAG Awards) mukofotini topshirish marosimi oldidan Zendayaning shaxsiy stilisti Lo Rouch jurnalistlarga ma’lum qildi.

Mashhur stilistning ishorasiga ko‘ra, ikki yosh buni hammadan pinhona saqlagan holda, yashirin to‘y marosimini o‘tkazib bo‘lgan.
“To‘y allaqachon bo‘lib o‘tdi. Siz uni o‘tkazib yubordingiz”, dedi Rouch.

Jurnalist ushbu xabar qay darajada rost ekanini so‘raganida, u kulumsirab:
“Bu mutlaqo haqiqat”, deya javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, Tom Holland va Zendaya ilk bor 2016 yilda “O‘rgimchak odam Uyga qaytish” filmi suratga olish jarayonlarida tanishgan. Unda Holland Piter Parker, Zendaya esa Meri Jey obrazini jonlantirgan. Juftlik munosabatlarini esa faqat 2021 yilga kelib ochiq tarzda tasdiqlagan edi.



Ularning unashtirilgani haqidagi gap-so‘zlar Zendaya “Oltin globus — 2025” mukofotini topshirish marosimida chap qo‘lining nomsiz barmog‘ida yirik brilliant uzuk bilan ko‘ringanidan keyin yanada avj oldi. Ko‘p o‘tmay, Tom ham bu mish-mishlarga oydinlik kiritgan: intervyularidan birida u Zendayani “hamkasbingiz” deb atagan muxbirning gapini to‘xtatib, “bo‘lajak rafiqam” deya tuzatgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Tom Holland va Zendaya rasman turmush qurishdi