date

Sevinch Ismoilova nega hali turmush qurmayapti? Xonanda javob berdi

Sevinch Ismoilova nega hali turmush qurmayapti? Xonanda javob berdi

Sevinch Ismoilova muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Xonandadan “To‘yingiz qachon?” deya so‘raldi.

Sevinch Ismoilova bu savolga hazil aralash samimiy javob qaytardi:

“Voy, hali yoshmanku. To‘g‘risi, bu haqida hech ham o‘ylab ko‘rmadim. Takliflar ko‘p bo‘lgan, ammo hali oila qurishga tayyor emasman, deb o‘ylayman. Men uchun hozir karyera, ijod va yana ijod muhim”, — dedi u.

Shundan so‘ng xonandaga “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz qanday inson bo‘lishi kerak?” deya yana savol berildi.

Xonanda bu savolga ham samimiy javob qaytardi:

“Shu oddiy inson. Biz hammamiz oddiy insonmiz. Eng asosiysi — qalb tozaligi, Allohga bo‘lgan iymoni va e’tiqodi”, — dedi Sevinch.

Suhbat davomida undan “Oila qurganingizdan keyin ham ijodni davom ettirasizmi?” deb ham so‘raldi.

Xonanda esa bu savolga shunday javob berdi:

“Ha, albatta. Biz ijodkormiz. Biz ijod qilish uchun yaratilganmiz”, — deya fikrini yakunladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Sevinch Ismoilova nega hali turmush qurmayapti? Xonanda javob berdi